November 1, 2021
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyati Xazorasp tumani Ovshar qishlog‘i Ovshar mahallasi Al-Xorazmiy ko‘chasi 32-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro optik tolali aloqa liniyasiga wi-fi orqali ulanish imkoni bo‘lmayotganligi bo‘yicha murojaat qilgan. https://t.me/muxbir1/12785
Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, murojaat tegishli hududiy bo‘linmaga yuborilgan va hududiy bo‘linma mas’ullari tomonidan nazoratga olingan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot kiritiladi.