Munosabatlar
December 6, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda “ASL_JAMIYAT” Telegram kanali orqali o‘zlarini “O‘zbektelekom” AK Namangan filiali xodimlari ekanligini bildirib, rahbariyat tomonidan xodimlarning ish haqlari hisobidan Kompaniya aksiyalarini majburiy tartibda sotib olish topshirig‘i berilganiga e’tiroz bildirilgan murojaat e’lon qilingan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qilinadi. Haqiqatan ham Toshkent shahrida o‘tkazilgan ICTWEEK Uzbekistan – 2023 forumi doirasida IPO jarayoni orqali Kompaniyaning taxminan 2% oddiy aksiyalari chiqarilgani e’lon qilingan. Shu o‘rinda Kompaniya sof foydasining kamida 30 foizini aksiyadorlarga dividentlar to‘lash uchun ajratishi ko‘zda tutilgani bayon etilgan. O‘z navbatida xodimlarda ushbu aksiyalardan xohlagan miqdorda ixtiyoriy ravishda o‘z mobil ilovalari orqali sotib olish imkoniyati mavjud. Hozirgi kunga qadar mazkur aksiyalarni sotib olish yoki sotib olmaslik masalalarida Filial rahbariyati tomonidan hech qanday ko‘rsatma berilmaganligi hamda xodimlardan bu borada e’tirozlar kelib tushmaganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati