October 28, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Yakkabog'24” telegram kanali orqali Yakkabog‘ tumani “Kommunizm jar qirg‘iz” MFYda mart oyida telefon uchun antenna o‘rnatilgan bo‘lib, lekin shu vaqtga qadar antenna ishga tushirilmagani sababli mahallada wi-fi ishlamayotganidan shikoyat qilingan.

https://t.me/yakkabog24/9309

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, mazkur masala yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida mazkur masala hududiy bo‘linma mutaxassislarining tegishli o‘rganish ishlari natijasida murojaatda nazarda tutilgan tayanch baza stansiyasi Kompaniyaga qarashli emasligi ma’lum bo‘lgan. Hududni internet tarmog‘i bilan to‘liq ta’minlash ishlari esa hududda olib borilishi lozim bo‘lgan texnik imkoniyatlarni hisobga olgan holda 2023-yilning 1-chorak yakuniga qadar amalga oshirilishi rejaga kiritilganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati