Munosabatlar
October 17

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, “Ozodlik”ning ijtimoiy tarmoqdagi YouTube kanalida “Uzmobile dilerlari xususiy shirkatga “majburan biriktirilyapti” degan mazmunda ma’lumot e’lon qilingan.

Mazkur axborot yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi. Ya’ni, joylarda Kompaniya xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida Savdo shoxobchasi ochish uchun belgilangan talab va majburiyatlar mavjud bo‘lib, mazkur talablarga amal qilmagan dilerlar bilan ishlash tartibining yangi shakli yo‘lga qo‘yilgan. Bu orqali, o‘rnatilgan talab va majburiat shartlariga amal qilmagan dilerlarning doimiy ish tartibiga hech qanday o‘zgarishlar joriy etmagan holda, ular faoliyatini o‘zaro birlashlgan ko‘rinishda muntazam nazorat qilib borish maqsad qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati