Munosabatlar
Today

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, Threads va Facebook ijtimoiy tarmoqlarida Uztelecom abonentlarining shaxsiy ma'lumotlari go‘yoki "ochiq manbalarga chiqib ketganligi" haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Uztelecom mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni rasman ma'lum qiladi:

Ma'lumotlar xavfsizligi:

Kompaniyaning barcha abonent bazalari O‘zbekiston Respublikasining "Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq, ko‘p bosqichli kiberhimoya tizimi bilan himoyalangan. Tashqi tarmoqdan tizimga ruxsatsiz kirish imkoniyati mutlaqo mavjud emas.

2. Kiberxavfsizlik monitoringi:

Uztelecom kiberxavfsizlik markazi tunu-kun (24/7) ish tartibida ma'lumotlar almashinuvi va saqlanishini nazorat qiladi.

3. Ma'lumotlarning soxtaligi Shuni alohida ta'kidlash joizki, ijtimoiy tarmoqlarda "dalil" sifatida ko‘rsatilayotgan ma'lumotlar to‘plami Uztelecom bazalariga mutlaqo aloqador emas.

Asossiz va yolg‘on ma'lumotlarni tarqatish orqali kompaniya ishchanlik obro‘siga putur yetkazganlik uchun qonunchilikda javobgarlik ko‘zda tutilganligini eslatib o‘tamiz.

Hurmatli fuqarolar! Faqat rasmiy manbalarga tayanishingizni va asossiz feyk xabarlarga ishonmasligingizni so‘raymiz. Uztelecom o‘z mijozlarining maxfiyligini saqlashni birinchi darajali vazifa deb biladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati