Munosabatlar
August 1, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqning Facebook sahifasi orqali Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida yashovchi fuqaro Kompaniyaning Surxondaryo filiali Qiziriq tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi rahbariyati bir oylik ish rejasini ishchi xodimlarning oylik maoshlari hisobidan to‘ldirayotganligi, shuningdek, amalda yo‘q bo‘lgan 101 nafar abonentning “Wi-Fi” tarmog‘iga pul o‘tkazilëtganligini aytib, mas’ullardan ushbu holatga oydinlik kiritib berishlarini so‘ragan.

Murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, bu haqda tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. Murojaat mutaxassislar tomonidan nazoratga olinganligi ma’lum qilinadi. Ishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati