Munosabatlar
December 1, 2023
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Antikorruz” Telegram kanali orqali Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar “Huvaydo” MFY 2018-yil “Obod mahalla” dasturiga kiritilib, Internet tarmog‘iga ulanishi rejalashtirilgani, aholidan pul yig‘ib olinishiga qaramasdan Internet tarmog‘i sifati yaxshilanmagani bo‘yicha murojaat qilingan.
Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan hududiy bo‘linmaga xabar berilgan va nazoratga olingan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.