Munosabatlar
Today

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga fuqaro Poytaxtdagi Sag‘bon ko‘chasida internet tarmog‘iga ulanish shikafi atrofi kabel chiqindilari bilan to‘lib ketganligi ta’kidlangan murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga yo‘naltirilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaatni nazoratga olganligi bildiriladi.

Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati