Soha yangiliklari
October 28
UZTELECOM Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanining "Do‘stlik" QFY aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minladi
🚰 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi Do‘stlik qishloq fuqarolar yig‘inida UZTELECOM ko‘magida qurilgan yangi toza ichimlik suvi shoxobchasi ishga tushirildi.
✅ Mazkur loyiha kompaniyaning aholi turmush darajasini yuksaltirish va mamlakatning hududlarini rivojlantirish dasturining muhim qismiga aylandi. UZTELECOM tashabbusi tufayli qishloq aholisi endi sog‘liq va farovonlikning asosiy shartlaridan biri hisoblangan toza va xavfsiz ichimlik suvidan doimiy ravishda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.