Munosabatlar
Yesterday

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "Soyalar Xabarlari" Telegram kanali orqali internet tarmog‘i bilan bog‘liq murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli boʻlinmaga yoʻnaltirilgan va bo‘linma mutaxassislar tezkorlik bilan murojaatchi bilan bog‘anish va murojaat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot olish maqsadida kanal ma’muriyatiga tegishli tartibda so‘rov qoldirilgan.

So‘ralgan ma’lumotlar taqdim etilishi bilan murojaatda keltirilgan masala ijobiy hal qilishga yo‘naltirilishi ma’lum qilinadi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati