Munosabatlar
February 14

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Потребитель Бухара” Telegram kanali orqali soha xodimlari Internet bilan bog‘liq muammolar bartaraf etishda e’tiborsizlik qilib, aloqa qudug‘i og‘zi ochiq qoldirilganligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llangan.

Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilganda, mazkur foto manba olinganda xodimlar ishni yakunlamaganligi va ishlar nihoyasigayetgach aloqa quduqlari qopqog‘i o‘rnatib qo‘yilganligi ma’lum bo‘lganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati