Munosabatlar
Today

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, fuqaro Facebook tarmog‘idagi shaxsiy sahifasi orqali Denov tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 16-oilaviy poliklinikada internet bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelayotganligini ta’kidlab murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan tezkor nazoratga olinganligi bildiriladi. Ishlar natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati