Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoq orqali “QORAXITOY” telegram kanalida internet tezligi shartnomada ko‘rsatilgan darajada emasligidan shikoyat qilingan.
https://t.me/qoraxtoyliklar/48394
Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan va mazkur masala hududiy bo‘linma mutaxassislarining nazoratiga olingan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Shuningdek, murojaatda biror jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmaganligi, ya’ni uni identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan murojaat ekanligi sababli bu kabi murojaatlar qonunchilikda belgilanganidek anonim murojaat sifatida qabul qilinishi mumkinligini ham ma’lum qilamiz.