August 30, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Xushnudbek - o‘ta shaxsiy” telegram kanalida UZTELECOM tizimida mobil aloqada 2 kundan buyon texnik muammolar yuzaga kelayotganligi ta’kidlangan. Shuningdek, kompaniya tizimdagi ushbu holat bo‘yicha ommaviy ogohlantirish bermaganligidan shikoyat qilingan.

https://t.me/xushnudbekuz/447

Ushbu murojaat yuzasidan Kompaniya quyidagilarni ma’lum qiladi va haqiqatan ham shunday holat yuzaga kelganligini inkor etmaydi. Boisi, oyning boshi va oxirida tizimda yuklama vujudga keladi. Bu jarayonda esa kutilmaganda tizimdagi bir qancha raqamlarda shu kabi holatlar yuzaga kelmoqda. Ayni paytda ushbu holatlar kelgusida kuzatilmasligi uchun, texnik mutaxassislar barcha zarur choralarni ko‘rishmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzur so‘raymiz!

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress