Munosabatlar
April 15

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi qoʻllab-quvvatlash sahifasiga fuqaro internet tarmogʻidagi uzilishlar yuzasidan murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli boʻlinmaga yoʻnaltirildi. Oʻz oʻrnida boʻlinma mutaxassislari murojaatni nazoratga olganligi va ishlar yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berilishi bildiriladi.

Shuningdek, Facebook tarmog‘idagi sahifasi orqali yana bir fuqaro internet tarmogʻidagi uzilishlar yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qoldirgan.

Ushbu murojaat yuzasidan kompaniya mutaxassislari tomonidan tezkorlik bilan amaliy yordam ko‘rsatilganligi bois murojaat manbasi murojaatchi tomonidan olib tashlanganligi bildiriladi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati