Munosabatlar
March 11
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Kompaniyaning Facebook tarmog‘idagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhi orqali Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumanida yashovchi fuqaro fuqaro xonadonida 4 kundan buyon Internet tarmog‘i ishlamayotganligi, bu borada qilgan murojaatlari e’tiborsiz qoldirilayotganligidan shikoyat qilgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida holat bo‘linma mutaxassislarining nazoratiga olinganligi bildiriladi. Ishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.