Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda Instagram sahifasi orqali tajribali yurist Iroda Qahhorova Kompaniya obunachisi bilan tariflar narxlaridagi o‘zgarishlar yuzasidan tanqidiy mazmundagi suhbat jarayonini e’lon qilgan.
Kompaniya Axborot xizmati murojaat mazmunidagi ushbu fikrlar yuzasidan quyidagilarni ma’luim qiladi. Ya’ni, bugun axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Shunga ko‘ra Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida tizimda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali abonentlarga qulaylik yaratishga intiladi. Tariflar narxlaridagi o‘zgarishlar evaziga turiga qarab qo‘shimcha Mb, daqiqa va SMSlardan tashqari, Internet tezligi oshirilmoqda. Kompaniya xizmatlardan foydalanib kelayotgan abonentlarni har doim hurmat qiladi va amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha oldindan ma’lumot berib boradi.