Munosabatlar
Yesterday

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "Elmurodblog" Telegram kanalida Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi-Shorquduq hududidan o‘tuvchi avtoyo‘l yonidan o‘tgan elektr va aloqa kabelleri aholi uchun xavfli holga kelib qolganligi ta’kidlangan murojaat e’lon qilingan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan tezkor nazoratga olinganligi bildiriladi. Ishlar natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati