Munosabatlar
February 10

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Komporuz” Telegram kanali orqali fuqaro Internet tarmog‘idagi uzilishlar yuzasidan ijobiy yechim so‘rab murojaat yo‘llagan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchiga mavjud masala yuzasidan zaruriy tushuntirishlar berilganligi va muammo bartaraf etilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati