October 28, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Muxbir Daliev” telegram kanali orqali Namangan viloyati Uychi tumani Muborak MFY Otchopar ko‘chasida yashovchi fuqaro xonadoniga wi-fi tushirib berishlarini so‘rab qilgan murojaati e’tiborsiz qoldirib kelinayotganligidan shikoyat qilgan.

https://t.me/muxbirdaliev/18723

Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, masala yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. Biroq, murojaatda aniq manzil yoki murojaatchi bilan bevosita bog‘lanish uchun biror manba keltirilmaganligi bois, shuningdek, bu borada murojaat e’lon qilingan kanal adminiga yo‘llangan savollar ham javobsiz qoldirilganligi uchun ushbu murojaat anonim axborot deb topilib, unga oid o‘rganish ishlari faoliyatdan to‘xtatilganligini ma’lum qilamiz.

Shu o‘rinda, abonentlardan Kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarga oid shaxsiy yoki yashab turgan hududida yuzaga kelgan muammolar bilan bog‘liq murojaatlarni yo‘llayotganda murojaat manzilining aniq ko‘rsatilishi va o‘zlari bilan bog‘lanish uchun manba (telefon raqam) qoldirishlarini lozimligini eslatib o‘tamiz.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress