Munosabatlar
March 19
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Potrebitel.Uz” guruhi orqali fuqaro xonadoniga ulangan Internet tarmog‘ini GPON texnologiyasiga almashtirganligi, biroq mutaxassislar ta’kidlaganidek internet o‘z vaqtida ishlamaganligidan shikoyat qilgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchining arizasi qabul qilinib, mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.