Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “MUHIM.UZ” Telegram kanali orqali Samarqand viloyati Paxtachi tumani Ziyovuddin shaharchasi Istiqlol koʻchasida joylashgan tahririyat manzilida internet tarmog‘i ishlamay qolganligi va bu boradagi murojaatlari e’tiborsiz qoldirib kelinayotganligidan shikoyat qilingan.
Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari holat bo‘yicha vaziyatga oydinlik kiritib, mavjud muammoni bartaraf etishdi. Ayni paytda murojaatda keltirilgan manzilda internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati tiklab berilganligi ma’lum qilinadi.