February 2, 2022
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda UZTELECOM milliy operatori xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Qorao‘zak tumani Yesimo‘zak OFYda yashovchi fuqaro talaba ekani, o‘qish onlayn bo‘lganligi, biroq hududda internet sifatining pastligidan shikoyat qilgan.
Mazkur murojaatda keltirilgan masala Kompaniya tomonidan o‘rganib chiqilib, murojaat bo‘yicha tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mas’ullari tomonidan murojaatda aytib o‘tilgan muammo nazoratga olingan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot kiritiladi.