Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Antikorruz” Telegram kanali orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani Akchako‘l OFY hududida yashovchi bir guruh fuqarolar tomonidan tuman telekommunikatsiya bog‘lamasiga Internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha qilgan murojaati javobsiz qoldirilayotganligidan shikoyat qilingan.
Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislarining o‘rganish ishlari natijasiga ko‘ra, ayni paytda ushbu manzilda Internet xizmatlariga ulanish uchun texnik imkoniyatlar mavjud emasligi, hududda aloqa kabellarining qamrovini to‘liq tashkil qilish Kompaniyaning ish rejasiga muvofiq 2023-yil 3-choragi davomida (imkon qadar ko‘rsatilgan muddatdan oldin) yakuniga yetkazilishi va texnik imkoniyatlar yaratilishi bilan murojaatchining talabi qondirilishi ma’lum qilinadi. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.