Munosabatlar
July 28

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga fuqaro VoWiFi xizmati bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotganligini ta’kidlab murojaat qilgan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda mazkur masala bo‘linma mutaxassislari tomonidan nazoratga olinganligi, shu bilan birga murojaatchiga zaruriy tushuntirishlar berilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati