Munosabatlar
February 26
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Kompaniyaning Facebook tarmog‘idagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhi orqali fuqaro xonadoniga ulangan Internet tarmog‘i tarif rejasida keltirilgan tezlik bilan ishlamayotganligiga e’tiroz bildirib, murojaat qoldirgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchining arizasi qabul qilinib, mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.