Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoq orqali AvtoblogUz telegram kanalida Samarqand viloyati “Omonqo‘ton” postida xizmat qiluvchi YPX xodimlarining planshet sim-kartasi UzMobile ekanligi va u yerda ushbu kompaniya xizmatiga aloqa yo‘qligi aytib o‘tilgan. Murojaatda shu masalala yuzasidan mas’ullardan aloqa sifatini ta’minlab berilishi so‘ralgan.
https://t.me/avtobloguz/7168
Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, ushbu masala yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari yuqorida keltirilgan hududda UzMobile 2G texnologiyasida aloqa qamrovi mavjud ekanligi va Kompaniyaning rivojlantirish loyihalari asosida 2023-2024-yillar davomida qo‘shimcha baza stansiyasi o‘rnatish rejalashtirilganligini ma’lum qiladi.