February 18, 2023
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Namangan viloyati Namangan shahri Navoiy ko‘chasi hududida yashovchi fuqaro Facebook tarmog‘idagi “ОНА шаҳрим НАМАНГАН” guruhi sahifasi orqali internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilayotganligidan shikoyat qilgan.
Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linmaning texnik mutaxassislari tezkorlik bilan fuqaroning Internet tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etib, mavjud muammoni ijobiy hal etishdi.