Munosabatlar
April 1

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Kompaniyaning Facebook tarmog‘idagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhi orqali Xorazm viloyati Xiva tumanida yashovchi fuqaro xonadoniga ulangan Internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilganligi, bu boradagi murojaati e’tiborsiz qoldirilganligidan shikoyat qilgan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchining arizasi qabul qilinib, mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati