Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoq orqali “Muxbir Daliev” Telegram kanalida Andijon viloyati Izboskan tumani Shinam MFY Shinam ko‘chasi hududida yashovchi fuqaro mahalladoshlari bilan birga xonadonlariga Internet tarmog‘i o‘tkazmoqchi ekanligi va shu maqsaddagi murojaati e’tiborsiz qoldirilayotganligidan shikoyat qilgan.
Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, mazkur masala yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma ma’lumotiga ko‘ra, bugunga qadar bog‘lama xodimlari tomonidan xavo aloqa liniyasi orqali mahalla hududigacha magistral kabel o‘tkazilgan. Zaruriy texnik imkoniyatlar yaratilib, yakuniy montaj ishlari qolgan. Ob-havo sharoiti yaxshilanishi bilan fuqarolar talabi qondiriladi. Ishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.