February 2, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda Raqamli texnologiyalar vazirligining Facebookdagi rasmiy sahifasiga qayta aloqa orqali Andijon viloyati Andijon tumani Pistamozor mahallasida yashovchi fuqaro xonadoniga Internet tarmog‘ini o‘tkazib berishlarini so‘rab qilgan murojaati e’tiborsiz qoldirib kelinayotganligidan shikoyat qilgan va bu borada amaliy yordam so‘rab murojaat yo‘llagan.

Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan zaruriy barcha texnik ishlar amalga oshirilib, fuqaro xonadoniga Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati yaratib berildi va mavjud muammo ijobiy hal etildi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz
@uztelecompress