Soha yangiliklari
October 22

Korrupsiyaga qarshi monitoring o‘tkazib boriladi

Faoliyatlar shaffofligi monitoring o‘rganishlari bilan ta’minlanishi samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Shunga ko‘ra, “O‘zbektelekom” AK Komplayens departamenti tomonidan korrupsiyaga qarshi ichki hujjatlar talablari ijrosi bo‘yicha monitoring o‘tkazib kelinadi.

Monitoring davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan ichki me’yoriy hujjatlarning bajarilish holati, ularning amaliyotdagi samaradorligi hamda xodimlar o‘rtasida bu boradagi tushuncha va mas’uliyat darajasi tahlil qilinib, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirishga doir tegishli tavsiyalar ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan.