Munosabatlar
July 29

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘i orqali Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro shahar hududida joylashgan ayni paytda faoliyati to‘xtatilgan 225-Aloqa uyi binosi hovlisidagi archa daraxtlarining parvarishsiz qoldirilgani va suvsizlikdan qurish holatiga kelganligi ta’kidlanib, murojaat yo‘llangan.

Mazkur murojaat tegishliligi bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, hududiy bo‘linmaga xabar qilinganligi va ayni damda hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan mazkur daraxtlarning parvarishi qayta tiklanganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati