November 26, 2021
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Jizzax shahar O‘ratepalik mahallasi Begariq ko‘chasida yashovchi bir guruh fuqarolar ko‘chasidan o‘tgan optik tolali internet tarmog‘iga ulab berishlarini so‘rab qilgan murojaati ijobiy hal etilganligini bildirgan. Ushbu murojaat e’lon qilingan “Muxbir Daliyev” telegram kanalida masalaga oydinlik kiritib berish so‘ralgan. https://t.me/muxbir1/12816
Kompaniyaning tegishli hududiy bo‘linmasi tomonidan mazkur murojaatda keltirilgan masala haqiqatan ham ijobiy hal etilgan va murojaatchilar internet tarmog‘iga ulab berilgan.