Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “ELTUZ” Telegram kanali orqali “UZTELECOMning urganchdagi mojаroli harakatlari” mavzusida murojaat e’lon qilingan.
Mazkur murojaat “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali hamda Urganch tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi tomonidan o‘rganilib, mutaxassislarga aholi xonadonlarini telekommunikatsiya xizmatlariga ulashda amalda mavjud bo‘lgan tarif rejalar hamda joriy etilgan aksiyalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berishlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xizmatga ulab berishda mas’ul bo‘lgan mutaxassislarga, Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishda faol va fidokorona mehnat qilish kerakligi aytib o‘tildi.
Odatda bunday jarayonlarda abonentlarga AKSIYA shartlari tushintirilganda HAMMASI BIRGA 1 (120 000 so‘m) tarifga ulanganda, abonent modem qurilmasini sotib olishi, telekommunikatsiya qurilmasi (splitter)dan abonent uyigacha tortiladigan sim (drop-kabel) uchun to‘lov qilishi hamda oylik (120 000) to‘lov qilishi va registratsiya uchun bir martalik 60 000 so‘m to‘lov qilish kerakligi, tezlik tarifga muvofiq 50 mb/s ekanligi va Aksiya bilan solishtirganda 6 oy davomida aksiyaga ulansa arzonroq tushishi va 200 mb/s bo‘lgan yuqori tezlikda foydalanishi tushintiriladi. Bunda Aksiya sharti modem qurilmasi (200 000 so‘mlik tarifdan 6 oy, 150 000 so‘mlik tarifdan 12 oy foydalanilgandan keyin Kompaniya mulkidan chiqib abonent mulkiga aylanadi) va 100 metrgacha abonent simi (drop-kabel) bepul taqdim qilinishi hamda tarif ichida Sim-karta berilishi (Kompaniyaning tegishli buyruqlariga asosan) ma’lum qilinadi.