Qo‘ng‘iroqlarni qayta ishlash markazi xodimlari uchun oʻquv-seminar tashkil qilindi
Ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlar xizmatlar sifatini yanada yaxshilash barobarida soha taraqqiyotini belgilashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Tabiiyki, birinchi navbatda odamlarni rozi qilish asosiy maqsad hisoblanadi. Shu bois, bu borada murojaatlar bilan ishlash hamda tizimdagi qisqa raqamli 1144 Ishonch telefoniga xizmat ko‘rsatish alohida mas’uliyat talab etadi.
Shundan kelib chiqqan holda, Qo‘ng‘iroqlarni qayta ishlash markazi – Kontakt markazi mas’ul xodimlari uchun o‘quv-seminar tashkil qilindi. Unda Ishonch telefoni xizmati operatorlarining foydalanuvchilar bilan ishlash tartibi, murojaatlarni qabul qilish, ularni murojaat@gis.uz axborot tizimiga kiritish, ko‘rib chiqish uchun yuborish, fuqarolar bilan muomala madaniyati kabi masalalar qamrab olindi.
Seminar davomida ishtirokchilarga faoliyatning huquqiy asoslari bo‘yicha tushunchalar va mavzu yuzasidan zaruriy tavsiyalar berib o‘tildi.