Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqning Facebook sahifasidagi “ХАЛҚ НАЗОРАТИ – НАРОДНЫЙ КОНТРОЛЬ” guruhi orqali Surxondaryo viloyati Denov tumani Paxtakurash mahallasi aholisi Kompaniyaning optik tolali internet tarmog‘iga ulanmoqchi ekanligini bildirib murojaat qilishgan.
Ushbu murojaat bo‘yicha quyidagilar bildiriladi. Murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchi bilan bog‘lanishga va holat bo‘yicha qo‘shimcha axborot olishga harakat qilindi. Lekin murojaatchi qayta aloqaga chiqmaganligi bois ushbu murojaat ma’lumot sifatida qabul qilinganligi ma’lum qilinadi.