March 30, 2022
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda UZTELECOM milliy operatori xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Farg‘ona viloyati Quva tumani Pastki Xo‘ja “Xasan” MFY Boyqo‘rg‘on ko‘chasida internet tezligi pastligi, uyali aloqa ishlamasligi bildirilib, shisha tolali internetga ulanish bo‘yicha murojaat yo‘llangan. https://t.me/muxbir1/15222
Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborildi. Hududiy bo‘linma mas’ullari ushbu murojaatda keltirilgan masalalarni o‘z nazoratiga olgan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.