Munosabatlar
July 24
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Komporuz” Telegram kanali orqali fuqaro internet tarmog‘idan foydalanishda hisob raqami bilan bog‘liq yuzaga kelgan muammo yuzasidan murojaat qilgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari masalaga oydinlik kiritib, zaruriy tushuntirish ishlarini olib borganligi va mavjud muammoni ijobiy hal qilganligi ma’lum qilinadi.