Soha yangiliklari
May 7

“O‘zMobayl” filiali tomonidan Aloqachilar kuni munosabati bilan “Bahor festivali” tashkil etildi

“O‘zbektelekom” AK “O‘zMobayl” filialida bayram tadbirlari tashkil etilib, Filial rahbariyati xodimlar va mehmonlarni Aloqalar kuni bilan tabrikladi. Bahor bayrami karnay-surnay sadolariga ulanib, mehmonlarga milliy taomlar tortildi.

Filial xodimlari va abonentlari jo‘shqin milliy an’analar muhiti aks etgan haqiqiy bahor bayrami ishtirokchilariga aylanishdi. Mehmonlar somsa, palov va sumalak kabi taomlardan bahramand bo‘lishdi, milliy cholg‘u asboblar yordamida yangragan jonli ijrodagi kuylar tadbir qatnashchilarini raqsga chorladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati


Филиал «УзМобайл» организовал «Весенний фестиваль» в честь Дня связистов

В филиале «УзМобайл» АО «Узбектелеком» были организованы праздничные мероприятия, руководство филиала поздравило сотрудников и гостей с Днем связи. Весенний праздник сопровождался звуками карнаев и сурнаев, гостям подавали национальные блюда.

Сотрудники и абоненты филиала стали участниками настоящего весеннего праздника с атмосферой ярких национальных традиций. Гости наслаждались такими блюдами, как самса, плов и сумаляк, а живая музыка в исполнении национальных музыкальных инструментов побуждала участников танцевать.

Пресс-служба АК «Узбектелеком»