Munosabatlar
May 20

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi Instagram sahifasi orqali fuqaro tarif rejalari narxlaridagi o‘zgarishlar yuzasidan murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli boʻlinmaga yoʻnaltirilganligi bildiriladi. Shu bilan birga, ushbu murojaat bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi. Ya’ni, tarif rejasi narxlarining oshishi Internet xizmatlarining yanada yuqori sifatini ta’minlash va texnik infratuzilmani modernizatsiya qilish, telekommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilashga uzluksiz investitsiyalar kiritib borish bilan bog‘liqligi bildiriladi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati