Munosabatlar
December 16

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “XALQ DARDI” Telegram kanali orqali Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro Internet tarmog‘idagi uzilishlar yuzasidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi, o‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tomonidan mazkur murojaatda keltirilgan muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati