Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali joylarda aloqa quduqlari qopqoqlarining o‘g‘irlanish vaziyatlari va ularning aholi uchun xavf tug‘diruvchi holatga aylanib qolayotganligi yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar tez-tez ko‘zga tashlanmoqda. Bunday holatlar Kompaniya Axborot xizmati tomonidan atroflicha o‘rganilib, mavjud muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha muntazam ishlar olib borilmoqda.
Xususan, quyida ijtimoiy tarmoqda “Farrux Abdullayev” YouTube kanali orqali Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar Qirguli mavzesi ko‘chalarida aloqa quduqlari qopqog‘i yo‘qligi yuzasidan murojaat yo‘llanganligi va murojaatda keltirilganning qisqa fursatda ijobiy hal etililganligi ma’lum qilinadi.