October 25, 2022
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Muxbir Daliev” telegram kanali orqali Samarqand viloyati Urgut tumani So‘fi mahallasida “Uzmobile”ga tegishli tayanch baza stansiyasi ishlamayotganligi bois, hududda aloqa yo‘qligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llangan.
https://t.me/muxbirdaliev/18685
Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, mazkur masala yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida mazkur masala hududiy bo‘linma mutaxassislari nazoratiga olinganligini va ayni paytda mavjud nosozliklar bartaraf etilib, hududda aloqa sifati tiklanganligini ma’lum qilamiz.