Soha yangiliklari
October 15, 2021
“Korxonalarda IP-telefoniyani tashkil etish. IP-telefoniya xavfsizligini ta’minlash” mavzusi bo‘yicha o‘quv kursi yakunlandi
2021-yilning 11-15-oktabr kunlari “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filialida “Korxonalarda IP-telefoniyani tashkil etish. IP-telefoniya xavfsizligini ta’minlash” mavzusi bo‘yicha o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu o‘quv kursida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi xodimlari ishtirok etdilar. O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining sertifikatlari topshirildi.