September 27, 2021

Namangan viloyatida optika ko‘lami kengaymoqda

“O‘zbektelekom” AK va uning hududlardagi filiallari tomonidan yillik dastur rejasiga kiritilgan vazifalar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, Namangan viloyati filialida amalga oshirilayotgan faoliyatlar natijasida hududda internet tarmog‘i sifati va ko‘lami ortmoqda.

Buning uchun viloyat bo‘yicha sifatli va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish imkonini beruvchi optik tolali aloqa liniyalari o‘tkazilmoqda. Ayni paytga qadar viloyatdagi 12 ta tuman kesimida 776 ta aholi yashash punkti, ya’ni mahalla fuqarolar yig‘inlariga optika yetkazildi.

Jumladan:

Kosonsoy tumani – 59 ta aholi yashash punkti;

Mingbuloq tumani – 40 ta aholi yashash punkti;

Namangan tumani – 52 ta aholi yashash punkti;

Namangan shahri – 105 ta aholi yashash punkti;

Norin tumani – 57 ta aholi yashash punkti;

Pop tumani – 77 ta aholi yashash punkti;

To‘raqo‘rg‘on tumani – 68 ta aholi yashash punkti;

Uychi tumani – 56 ta aholi yashash punkti;

Uchqo‘rg‘on tumani – 64 ta aholi yashash punkti;

Chortoq tumani – 57 ta aholi yashash punkti;

Chust tumani – 70 ta aholi yashash punkti;

Yangiqo‘rg‘on tumani – 71 ta aholi yashash punkti.

Endilikda ushbu hududda istiqomat qiladigan aholi vakillari optik tolali aloqa liniyasi – yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz mazkur yo‘nalishdagi faoliyatlar respublika bo‘ylab davom ettirilmoqda.

UZTELECOM – Milliy operator!

@uztelecomuz

@uztelecompress