1 566 ta baza stansiyasi modernizatsiya qilindi, yana 380 tasi ishga tushirildi!
Uztelecom butun mamlakat bo‘ylab mobil tarmoqni keng ko‘lamda yangilamoqda.
Har kuni yaqinlarimizga qo‘ng‘iroq qilamiz, ishlaymiz, o‘qiymiz va smartfonimizda video tomosha qilamiz. Tarmoq ortib borayotgan yuklamaga bardosh berishi uchun uskunalarni yangilab, yangi baza stansiyalarini qurmoqdamiz.
Ishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekistonning barcha 12 ta viloyati va Toshkent shahrida amalga oshirildi.
2025–2026-yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish dasturi doirasida 18-oktabr holatiga qanday ishlar bajarildi?
1 566 ta baza stansiyasi modernizatsiya qilindi. Ularning texnik imkoniyatlari kengaytirilib, bir vaqtning o‘zida ko‘proq foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatish uchun sharoit yaratildi. Modernizatsiya rejasi 104 foizga bajarildi.
380 ta yangi baza stansiyasi ishga tushirildi. Ular mavjud tarmoq imkoniyatlari yetarli bo‘lmagan hududlarda qamrovni kengaytirish va aloqadan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
375 ta baza stansiyasi 5G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bunday stansiyalar mamlakatning barcha hududlarida mavjud.
Bu siz uchun nimani anglatadi? Yaqinlaringiz bilan aloqada bo‘lish, onlayn ishlash va o‘qish uchun yanada barqaror aloqa. Biz tarmoqni shuning uchun rivojlantiramiz — texnologiyalar barchaga xizmat qilishi uchun.