August 29, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoq orqali MobInfo.uz telegram kanalida shaxsi ochiqlanmagan fuqaro tomonidan magistral yo‘llar bo‘ylab aloqa sifati yaxshi emasligi, shu bois, qo‘shimcha aloqa stansiyalari qurilishi lozimligi bildirilgan. Bu borada bir necha yillar oldin UZTELECOM tomonidan ijobiy ishlar boshlanganligi va to‘xtab qolganligi aytilib, shu bo‘yicha ishlarni davom ettirilishini so‘rab murojaat yo‘llangan.

https://t.me/MobInfo_uz/14301

Mazkur murojaat yuzasidan Kompaniya quyidagilarni ma’lum qiladi. Mamlakatimiz hududlari bo‘ylab magistral yo‘l bo‘ylarida aloqa va internet sifatini yaxshilash borasida Kompaniya tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, faoliyatlar rejasiga muvofiq 2023-yilgacha ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olingan bo‘lib, ishlar ko‘lami rejaga asosan davom ettirilmoqda.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati