Munosabatlar
February 20

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Потребитель.Уз” guruhi orqali fuqaro Timur Isayev Kompaniya rasmiy saytida “Ommaviy oferta”ning rus tilidagi variant yo‘qligi bo‘yicha murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati tegishli bo‘linmaga xabar berganligi, o‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojaatchiga shaxsiy xabarlar orqali bog‘lanishini so‘rab, “Ommaviy oferta”ning rus tilidagi varianti mavjudligi yuzasidan ma’lumot berilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati