May 8, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda Facebook sahifasi orqali Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sharg‘un hududiy poliklinikasidagi internet tarmog‘ida uzilishlar yuzaga kelganligi ta’kidlanib, muammoni bartaraf etishda amaliy yordam so‘rab murojaat yo‘llangan.

Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari murojaatda keltirilgan manzilga chiqib yuzaga kelgan muammoni bartaraf etishgan. Masala ijobiy hal etilganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati